YangiliklarFAQYordam
Barcha yangiliklarOʻzbekistonda kripto-akti...Oʻzbekistonda kripto-aktivlar
Oʻzbekistonda kripto-aktivlar
5 min O‘qish

CityPay qanday ishlaydi

Kripto-aktivlar huquqiy asosga

Bugungi kunda Oʻzbekistonda kripto-aktivlar sohasi qonuniy va rasman tartibga solinadi. Kripto-aktivlar huquqiy asosga, ixtisoslashgan tartibga soluvchi va litsenziyalash tizimiga ega boʻlgan toʻlaqonli sohaga aylanib boʻldi.

Kripto-industriya uchun huquqiy asos 2018 yilda yaratildi.
2018 yil 3 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3926-sonli qarorni imzoladi. Aynan shu hujjat:

  • kripto-aktivlarni tartibga solinadigan sohaning bir qismi sifatida tan oldi,
  • raqamli texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishini belgilab berdi,
  • qonuniy kripto-bozorni shakllantirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylandi.

Keyinchalik mamlakatda maxsus tartibga soluvchi – Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi paydo boʻldi.
Bugun agentlik:

  • bozor ishtirokchilariga litsenziyalar beradi,
  • kompaniyalarga talablarni belgilaydi,
  • qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Bu Oʻzbekistonda kripto-aktivlar bozori belgilangan qoidalar asosida ishlashini anglatadi.

Litsenziyalash bozorning asosiy elementi sifatida

Oʻzbekistonda kompaniyalar faqat tartibga soluvchining litsenziyasiga ega boʻlgan taqdirdagina kripto-aktivlar bilan ishlashi mumkin. Litsenziyaning mavjudligi kompaniyaning Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida qonuniy xizmat koʻrsatish huquqini tasdiqlaydi.
CityPay kripto-hamyoni Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va tarptibga soluvchi talablariga muvofiq ishlaydi. Kompaniya quyidagilarning litsenziyalariga ega:

  • Kripto-depozitariy
  • Kripto-doʻkon

Foydalanuvchilar uchun bu servisning shaffof ishlash modeli va tushunarli tartibga solish maqomini anglatadi.
CityPay kripto-hamyoni foydalanuvchilarga yordam beradi:

  • kripto-aktivlarni sotib olish,
  • ularni sotish,
  • saqlash,
  • oʻtkazmalarni qabul qilish,
  • boshqa foydalanuvchilarga kripto-aktivlarni yuborish.
Xizmatning asosiy vazifasi – kripto-aktivlar bilan ishlashni yanada tushunarli va qulay qilishdir.

Bu foydalanuvchilar uchun nimani anglatadi

Tartibga solinadigan bozor va litsenziyalangan servislarning paydo boʻlishi – mamlakat raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim bosqichidir.

Bu foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • kripto-aktivlar bilan qonuniy ishlash,
  • rasmiy servislardan foydalanish,
  • bozor qanday tashkil etilganligini tushunish.
CityPay Oʻzbekistondagi foydalanuvchilar uchun kripto-aktivlardan foydalanishni qulay va mavjud qilish maqsadida oʻz yechimlari va servislarini rivojlantirishda davom etmoqda.
Muallif: CityPay
2026-03-27
O‘xshash mavzular
Functionality
Kontent
O‘xshash yangiliklar
Qo'llab-quvvatlanmaydigan kripto-aktivni yuborish
Qo'llab-quvvatlanmaydigan kripto-aktivni yuborish
Kripto hamyonni to'ldirishda mablag'larni yo'qotmaslik uchun nimalarga e'tibor berish kerak
2026-10-15
CityPay’da kripto-aktivlar listingi va delistingi
CityPay’da kripto-aktivlar listingi va delistingi
Bu nima va u qanday ishlaydi
2026-04-20
CityPay'dagi birinchi kripto-hamyon
CityPay'dagi birinchi kripto-hamyon
“Yaratish” tugmasini bosgandan keyin nima sodir boʻladi
2026-02-28
CityPay kripto-hamyoni qanday ishlaydi
CityPay kripto-hamyoni qanday ishlaydi
CityPay kripto-hamyoni
2026-03-02
Yordam
[email protected]
FAQJonli chat
Kripto-depozitariy litsenziyasiKripto-do`kon litsenziyasiMa’lumotlar bazalari reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiMaxfiylik SiyosatiTavakkalchiliklar to‘g‘risidagi nizomOmmaviy OfertaMablag'larni qaytarish siyosati
Bizni kuzating:
© 2026 CityPay.io