CityPay Paynet ilovasida fiskal cheklarning ko‘rsatilishi tiklanganini ma’lum qiladi.
Hurmatli foydalanuvchilar!
Texnik nosozlik sababli ayrim foydalanuvchilarda Paynet ilovasida fiskal cheklarning ko‘rsatilishi bilan bog‘liq vaqtinchalik muammolar kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Natijada avval muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ayrim operatsiyalar bo‘yicha fiskal cheklar my.soliq va Didox tizimlari orqali qayta yuborildi.
E’tiboringizni qaratamizki, barcha to‘lov operatsiyalari avval muvaffaqiyatli qayta ishlangan va yakunlangan.
Takroriy to‘lov talab etilmaydi. Foydalanuvchilar tomonidan hech qanday qo‘shimcha to‘lov yoki harakat amalga oshirilishi shart emas.
Qayta yuborilgan fiskal cheklar faqat axborot xarakteriga ega bo‘lib, hujjatlarning to‘g‘ri aks ettirilishi va hisobga olinishi uchun mo‘ljallangan.
Hozirda servis ishi to‘liq tiklangan. Paynet ilovasida fiskal cheklarning ko‘rsatilishi odatiy rejimda ishlamoqda, barcha servislar to‘g‘ri va barqaror faoliyat yuritmoqda.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
CityPay jamoasi







