CityPay va Paynet terminallar orqali naqd pulga kripto sotib olishni yo‘lga qo‘ydi — oddiy va qulay xizmat.
CityPay Paynet toʻlov tizimi bilan hamkorlikda yangi foydalanuvchi ssenariysini ishga tushirganini e’lon qildi – terminallar orqali kripto-aktivlarni naqd pulga sotib olish va keyinchalik kripto-aktivlarni Paynet mobil ilovasidagi kripto-hamyonlar hisobiga oʻtkazish.
Yangi mahsulot offlayn-infratuzilma va raqamli muhitni birlashtirib, kripto-servislar bilan ishlashning oddiy va tushunarli usulini shakllantiradi.
Bu qanday mahsulot
Terminallarni ishga tushirish – bu kripto-aktivlarni sotib olishning yangi qulay usuli boʻlib, u oddiy terminal va mobil ilovani birlashtiradi, bunda foydalanuvchi:
• terminal orqali naqd pul kiritadi
• Paynet mobil ilovasida operatsiyani tasdiqlaydi
• kripto-hamyonga kripto-aktiv oladi
Terminal jismoniy kirish nuqtasiga, Paynet mobil ilovasi esa kripto-aktivlarni boshqarish muhitiga aylanadi.
Kripto-servis qismi tartibga solinadigan muhitda ishlaydigan litsenziyalangan kripto-hamyon – CityPay tomonidan ta’minlanadi.
Qanday kripto-aktivlar mavjud
Foydalanuvchilar quyidagilarni stiiiolishlari mumkin:
- BTC (Bitcoin) - BTC (Bitcoin) tarmogʻi
- LTC (Litecoin) - LTC (Litecoin) tarmogʻi
- ETH (Ethereum) - Ethereum (ETH) tarmogʻi
- XRP (XRP Ledger) - XRP Ledger (XRP) tarmogʻi
- SOL (Solana) - Solana (SOL) tarmogʻi
- BNB (BNB Smart Chain / BSC) - BNB Smart Chain (BEP20) tarmogʻi
- USDT (Tether USD) –Polygon (Polygon POS), Tron (TRC-20), Ton (TON), BNB Smart Chain (BEP20) tarmoqlari
- TON (Toncoin) - TON tarmogʻi
- XAUT (Tether Gold) - Ethereum (ETH) tarmogʻi
Barcha aktivlar Paynet mobil ilovasiga integratsiya qilingan CityPay kripto-hamyoni hisobiga oʻtkaziladi.
Bosqichma-bosqich qoʻllanma: kripto-aktivni qanday sotib olish mumkin
Jarayon imkon qadar sodda tuzilgan va terminallardan foydalanishning odatiy ssenariysini takrorlaydi.
- Xizmatni tanlash
Terminalda “CityPay infokioskalarda kripto-aktivlarni sotib olish” boʻlimini tanlang. - Ilovani ulash
Paynet mobil ilovasi orqali QR-kodni skanerlang. - Identifikatsiya
Zarur boʻlganda MyID orqali identifikatsiyadan oʻting - Telefon raqamini kiritish va kripto-aktivni tanlash
Kerakli kripto-aktivni koʻrsating va joriy kurs bilan tanishing. - Kursni tasdiqlash
Kurs 30 soniyaga belgilanadi – shu vaqt ichida qaror qabul qilish kerak. - Naqd pul mablagʻlarini kiritish
Summani infokiosk orqali kiriting. - Operatsiyani tasdiqlash
Summa va xizmat haqini tekshiring (2% miqdoridagi xizmat haqi kiritib boʻlingan) va operatsiyani tasdiqlang. - Kripto-aktivni olish
Kripto-aktiv avtomatik ravishda Paynet mobil ilovasidagi CityPay hamyoni hisobiga oʻtkaziladi.
Yakunlangandan soʻng foydalanuvchi quyidagilarni oladi:
• muvaffaqiyatli operatsiya statusi bilan ekran
• toʻlov tafsilotlari bilan bosma chek (zarur boʻlganda)
• QR-kod bilan fiskal chek (fiskal)
Servisning asosiy xususiyatlari
Qulaylik
Kripto-aktivlarni bank kartasisiz sotib olish mumkin – naqd pul yetarli.
Soddalik
Ssenariy terminal orqali toʻlashdagi odatiy harakatlarni toʻliq takrorlaydi.
Bir zumda natija
Hisobga oʻtkazish operatsiya yakunlanganidan soʻng darhol amalga oshiriladi.
Integratsiya
Bir nechta servisdan foydalanishga hojat yoʻq – barchasi Paynet va CityPay ekotizimida amalga oshiriladi.
Infrastruktura va koʻlam
Servis butun Oʻzbekiston boʻylab Paynet terminallari tarmogʻi orqali mavjud:
• 16 000 dan ortiq terminal
• Toshkentga 5 000 dan ortiq qurilma
• kecha-yu kunduz foydalanish imkoniyati
Bu keng qamrovni va servisdan odatiy joylarda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Muhim shartlar
• minimal summa: 30 000 UZS
• maksimal summa: 12 000 000 UZS gacha
• kuniga 6 tagacha operatsiya
• oyiga 50 tagacha operatsiya
• xizmat haqi: 2% (summaga kiritilgan)
• kurs 30 soniyaga belgilanadi
Naqd pul mablagʻlari kiritilgandan soʻng operatsiyani bekor qilish mumkin emas.
Bu mahsulot kim uchun
• minimal summa: 30 000 UZS
• maksimal summa: 12 000 000 UZS gacha
• kuniga 6 tagacha operatsiya
• oyiga 50 tagacha operatsiya
• xizmat haqi: 2% (summaga kiritilgan)
• kurs 30 soniyaga belgilanadi
Naqd pul mablagʻlari kiritilgandan soʻng operatsiyani bekor qilish mumkin emas.
Bu mahsulot kim uchun
Servis keng auditoriyaga moʻljallangan:
• Paynet foydalanuvchilari
• naqd pulda hisob-kitob qilishni afzal koʻradiganlar
• kripto sohasiga yangi kelganlar
• oddiy va tushunarli ssenariy izlayotgan foydalanuvchilar uchun
Kripto-ssrvislar rivojida yangi bosqich
Kripto-aktivlarni terminallar orqali sotib olishning yoʻlga qoʻyilishi – bu raqamli aktivlar bilan ishlashni soddalashtirish yoʻlidagi qadamdir.
Mahsulot murakkab raqamli jarayonni odatiy kundalik ssenariyga aylantiradi:
naqd pul → terminal → ilovadagi kripto-aktivlar
Bu kripto-servislarni ommaviy foydalanuvchi uchun yanada qulayroq qiladi va kundalik hayotda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.







